Tarkibga o'tish

systemd

systemd Linuxda servislarni ishga tushirish, to'xtatish, kuzatish va boot vaqtida avtomatik ko'tarish uchun ishlatiladi. Server administratsiyasida systemctl va journalctl deyarli har kuni kerak bo'ladi.

Birinchi tekshiruvlar

systemctl status nginx
systemctl is-enabled nginx
systemctl restart nginx

status natijasida servis aktivmi, oxirgi xato nima, qaysi process ishlayapti va logning so'nggi qatorlari ko'rinadi.

Unit fayl nima?

Servis qanday ishga tushishini unit fayl belgilaydi. Unda dastur yo'li, qaysi user nomidan ishlashi, restart qoidasi va bog'liq servislar yoziladi.

Oddiy unit fayl ko'rinishi:

[Unit]
Description=My App
After=network.target

[Service]
ExecStart=/usr/local/bin/my-app
Restart=on-failure
User=www-data

[Install]
WantedBy=multi-user.target

Nimalarni o'rganish kerak?

  • systemctl status/start/stop/restart
  • enable va disable
  • daemon-reload
  • servis useri va permissionlar
  • restart siyosati
  • timerlar
  • journalctl -u service-name

Keyingi qadam sifatida Loglar bo'limini o'qing.