Tarkibga o'tish

systemd.uz haqida

systemd.uz - Linux va server ishlarini o'zbek tilida sodda, ammo yuzaki bo'lmagan tarzda yozib borish uchun ochilgan texnik platforma.

Bu loyiha katta kurs yoki rasmiy dokumentatsiya o'rnini bosmaydi. Maqsad boshqacharoq: biror mavzuni o'zim ishlatganimdek, xato qilgan joylari bilan, keyin yana qaytib qaraganda ham tushunarli bo'ladigan qilib yozish.

Odatda Linuxni o'rganishda ikki xil muammo uchraydi. Birinchisi - buyruq ko'p, hammasi bir-biriga o'xshab ketadi. Ikkinchisi - serverda nimadir ishlamay qolsa, qayerdan boshlashni bilmay qolamiz. Shu blogdagi yozuvlar aynan shu ikki holatda yordam beradigan mayda, amaliy qaydlar bo'lishi kerak.

Asosiy mavzular

  • Linux fayl tizimi va kundalik terminal ishlari
  • systemd servislar, timerlar va journalctl
  • SSH, foydalanuvchilar, ruxsatlar va firewall
  • Nginx, domen, HTTPS va oddiy deployment
  • Docker va kichik servislarni yuritish
  • Log o'qish, monitoring va muammo qidirish

Yozuvlar imkon qadar qisqa, tekshiriladigan va real ishda kerak bo'ladigan bo'ladi. Asosiy yo'nalish: avval tushuncha, keyin buyruq, keyin tekshirish.