Linux
Linux - serverlar, bulut xizmatlari, containerlar, tarmoq qurilmalari va ko'plab zamonaviy tizimlar ishlaydigan asosiy muhitlardan biri.
Backend, DevOps, cloud, cybersecurity yoki server administratsiyasi bilan ishlamoqchi bo'lsangiz, Linuxni tushunish juda kerak: servis qanday yuradi, log qayerda, ruxsat nega yetmayapti, port ochiqmi, xato qaysi qatordan boshlangan - bularning ko'pi Linux atrofida hal bo'ladi.
Bu loyiha Linux, systemd, servislar, loglar, ruxsatlar, tarmoq va DevOps asoslarini o'zbek tilida sodda qilib tushuntiradi. Maqsad quruq nazariya emas, real ishda kerak bo'ladigan fikrlashni berish: nimani tekshirish, qayerdan boshlash va muammoni qanday izlash.
Nimadan boshlash kerak?
Yangi boshlayotgan bo'lsangiz, avval O'rganish yo'li sahifasidan boshlang. U mavzularni tartib bilan beradi: terminal, fayl tizimi, ruxsatlar, servislar, loglar, tarmoq va deployment.
Qanday yoziladi?
Materiallar qisqa, tekshiriladigan va real server ishiga yaqin bo'ladi. Masalan, servis turmasa systemctl status nimani ko'rsatadi, logdan qaysi qator muhim, permission xatosi qayerdan keladi, port ochiqmi yoki yo'qmi - shunday savollarga amaliy javob beriladi.
Asosiy fikr
Copy-paste serverni vaqtincha yurgizishi mumkin, lekin muammoni hal qilish uchun tizim qanday o'ylashini tushunish kerak.
Asosiy mavzular
- Linux terminal va kundalik buyruqlar
- Fayl tizimi va permissionlar
systemd, servislar va timerlarjournalctlva log o'qish- SSH, userlar va xavfsizlik
- Nginx, domain va HTTPS
- Docker va kichik servislarni yuritish
- Monitoring va debugging
- PostgreSQL servis boshqaruvi
- Productiondagi mayda, lekin muhim muammolar